O‘zbekiston YaIM 2017 yilda 5,3 foizga o‘sdi
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) joriy narxlarda 249,13 trillion so‘mdan oshdi va 2016 yilning shu davriga nisbatan 5,3 foizga o‘sdi.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, YaIM indikatori 2016 yilgi narxlarga nisbatan 18,9%ni tashkil etdi.
2017 yil yakunlari bo‘yicha aholi jon boshiga YaIM 7,69 mln so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 3,6%ga ko‘p.
Iqtisodiy o‘sish sur'ati milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari ijobiy o‘sishiga bog‘liqdir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari tomonidan yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) umumiy YaIM 89,8 foizini tashkil etdi va 5,3 foizga o‘sdi.
Mahsulotlarga sof soliqlar YaIM tarkibida 10,2%ni tashkil etdi va 5,3%lik shunga o‘xshash o‘sishni ko‘rsatib berdi.
Yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga eng katta hissa xizmat ko‘rsatish sohasi tomonidan qo‘shildi, u o‘tgan yilga nisbatan 6,9%ga ko‘p. Shu jumladan, turar-joy va oziq-ovqat xizmatlari 3,9%ga (YaIM tarkibidagi ulushi - 11,5%), olib o‘tish va saqlash, axborot va aloqa - 8,9% (11,0%) hamda boshqa xizmatlar - 7,3%ga (24,8%) o‘sdi.
2017 yilda YaIM tarkibida mulkchilik shakllari bo‘yicha iqtisodiyotning nodavlat sektoriga umumiy hajmning 81,0%, davlat sektoriga 19,0% to‘g‘ri keldi.
Mavzuga oid
17:42 / 14.11.2024
Markaziy Osiyo tabiiy ofatlar tufayli yalpi ichki mahsulotining 6 foizini yo‘qotishi xavfi bor
11:54 / 14.11.2024
«Donolar kengashi» GFRning 2024 va 2025 yillar uchun YaIM prognozini pasaytirdi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024