Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston o‘tgan yili qancha neft va gaz qazib oldi?
O‘zbekiston 2017 yilda neft qazib olishni 6,3%ga, 806 ming tonnaga qadar qisqartirdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston o‘tgan yili tabiiy gaz qazib olish hajmini 2016 yil bilan taqqoslaganda 0,5 foizga oshirdi - 56,417 milliard kub metrgacha.
O‘zbekiston korxonalari o‘tgan yili taxminan 4,04 million tonna ko‘mir qazib olishdi, bu 2016 yilga nisbatan 4,4 foizga ko‘pdir.
O‘zbekiston avtomobil benzini ishlab chiqarishni hisobot davrida 2,5%ga – 1,1 mln tonnaga qadar qisqartirdi. Hisobot davrida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish hajmi 4,5%ga kamaydi - 962,9 ming tonnaga qadar.
Mavzuga oid
10:19 / 14.07.2026
O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 25 foizga oshdi
17:51 / 13.07.2026
O‘zbekistonda gazetalar soni 15 yilda uch barobar kamaydi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
08:26 / 09.07.2026