22:29 / 13.01.2018
9089

Angliya Premer-Ligasining 23-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakuniga yetdi.

Foto: Twitter/PremierLeague

Angliya Premer-Ligasining 23-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakuniga yetdi.

«Vest Hem» safarda «Haddersfild»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Hujumchi Lansini ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

«Uotford» o‘z maydonida, «Sauthempton»ga qarshi o‘yinda, so‘nggi daqiqada urilgan gol evaziga durangga erishdi.

«Kristal Pelas» «Byornli» klubini kichik hisobda yengdi.

APL, 23-tur
Vest Bromvich – Brayton 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 4 Evans, 2:0 – 55 Douson. 

Uotford – Sauthempton 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 20 Uord-Prouz, 0:2 – 44 Uord-Prouz, 1:2 – 58 Grey, 2:2 – 90 Dukure. 

Haddersfild – Vest Hem 1:4 (1:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 25 Nobl, 1:1 – 40 Lolli, 1:2 – 46 Arnautovich, 1:3 – 56 Lansini, 1:4 – 61 Lansini. 

Kristal Pelas – Byornli 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 21 Sako. 

Nyukasl – Suonsi 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 60 Ayyu, 1:1 – 68 Xoselu.

Top