18:18 / 13.01.2018
30797

General Motors hech kim kutmagan avtomobilni taqdim etmoqchi

Foto: General Motors

Amerikaning eng yirik avtomobil korporatsiyasi General Motors o‘zining butunlay haydovchisiz avtomobilini kelasi yili chiqarishi mumkin. Bu AQSh transport departamenti korporatsiya tomonidan taqdim etilgan va bunday avtomobil xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlarni ma'qullaydigan bo‘lsagina yuz beradi. Ta'kidlab o‘tish joiz, avtomobilning o‘ziga xos jihati haydovchi uchun boshqaruv tizimi elementlarining umuman yo‘qligi bo‘ladi.

General Motors nafaqat avtonomlik darajasi 4 bo‘ladigan haydovchisiz avtomobili qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini ko‘rsatdi, balki davlat tuzilmasiga umumiy yo‘llarda Chevy Bolt elektrmobilining butunlay simsiz versiyasidan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborganini xabar berdi. Agarda bu ma'qullansa, avtomobil AQSh yo‘llarida 2019 yilda paydo bo‘lishi mumkin. Kompaniyaga ko‘ra, u «iste'molchilar sinfi uchun birinchi transport vositasi bo‘lib, avvaliga umumiy yo‘llarda xavfsiz harakatlanish uchun yaratilgan, shuningdek, haydovchi ishtirokini nazarda tutmaydi hamda rul boshqaruvi, tepkilar tizimiga ega emas».

Ta'kidlanishicha, Cruise AV General Motors Kaliforniyada hozirgi kunda sinab ko‘rayotgan boshqa modellardan katta farq qiladi. Unda boshqaruv organlari va hattoki tugmalar yo‘q. Biroq, markaziy konsol o‘rtasida joylashgan katta sensorli displey bor, u insonga kerakli harakatlanish yo‘nalishi va boradigan joyni tanlash imkonini beradi. Bu avtomobilda siz qayerda o‘tirganingizga qaramay, o‘zingizni 100 foizga yo‘lovchi sifatida his qilishingiz mumkin. Avtomobil eshiklarni ham mustaqil ravishda ochib, yopadi.

Engadget portalining ta'kidlashicha, Cruise AV’ga o‘xshash haydovchisi avtomobillar barcha federal xavfsizlik standartlariga javob bermaydi. Biroq avtomobil ishlab chiqaruvchilari bunday texnikani yo‘llarda ishlatishga imkon beruvchi kvotani olishga murojaat yuborishlari mumkin. 

Ba'zi avtomobil ishlab chiqaruvchi va transport kompaniyalari o‘tgan yili birlashdi hamda hukumatga belgilangan standartlar va qoidalarni o‘zgartirish masalasi bilan chiqishdi.

Top