Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab Oqsaroyda ko‘rgazmalar zali ishga tushadi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab, Oqsaroyda ilk bor ko‘rgazmalar zali o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqida 12 yanvar kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Hozirda Birinchi Prezident Islom Karimov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash uchun qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Avval xabar berganimizdek, Birinchi Prezident faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohida ko‘rgazmalar zali, kutubxona va muzey ishga tushishi rejalashtirilgan. Ko‘rgazmalar zali Birinchi Prezidentning tavallud ayyomi arafasida joriy yilning 30 yanvar kuni ish boshlaydi. Ko‘rgazmalar zali 3 qismdan iborat: Katta zal, kichik zal va ochiq zal.
Ko‘rgazmalar zali barcha uchun o‘z eshiklarini ochadi. Mehmonlar ekspozitsiyalar orqali Islom Karimov siymosi gavdalantirilgan tasviriy san'at namunalari, turli asarlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi. Shuningdek, Birinchi Prezident hayoti, ish faoliyati aks ettirilgan ko‘plab fotosuratlar namoyishi ham namoyish etiladi.
Shuningdek, Oqsaroy hududida maxsus bog‘ zonasi ham barpo etiladi. Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Birinchi Prezidentning bosh qarorgohi hisoblangan Oqsaroy mustaqil O‘zbekiston asoschisi Islom Karimov hayoti va bosib o‘tgan yo‘llari bilan yanada yaqinroq tanishishga imkon beruvchi mukammal memorial maskanga aylanadi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sumi uchun qasos»: Ukrainaning Shuya va Kurskka zarbalari haqida
Jahon | 09:06
-
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
O‘zbekiston | 09:04
-
Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi
Jahon | 08:40
-
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 08:24
Mavzuga oid

17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi

23:12 / 20.03.2025
Karimov Rossiyaga ishonmas edi. Unda nega ittifoqchi bo‘lgandi?

12:25 / 30.01.2025
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

13:34 / 07.10.2024