15:06 / 13.01.2018
5437

Kaliforniya tarixidagi eng yirik yong‘inning tarqalishi to‘xtatildi 

Foto: AFP

Kaliforniya shtatining zamonaviy tarixidagi maydoni bo‘yicha eng yirik tabiiy yong‘inning tarqalishiga yo‘l qo‘yilmadi. Bundan juma kuni shtat o‘rmonlarini himoya qilish va yong‘inga qarshi xizmat boshqarmasi saytida e'lon qilingan ma'lumotlar darak bermoqda.

Idoradan ta'kidlashlaricha, “Tomas” nomli yong‘in 100 foizga to‘xtatildi, uning maydoni 1140 kvadrat kilometrni tashkil qilgan. Olov Ventura okrugida 4 dekabr kuni paydo bo‘ldi. Buning sababi hozircha aniqlanmadi.

“Tomas” yong‘ini tufayli kamida ikki kishi halok bo‘ldi. Olov Ventura hamda Santa-Barbara okrugida umumiy hisobda 1 mingta uyni yo‘q qildi yoki ularga zarar yetkazdi. Yong‘in tez tarqalgani tufayli minglab insonlar xavfsiz joyga ko‘chirildi, ayni damga kelib ulardan ba'zilariga uylarga qaytish ruxsat berildi.

Top