11:20 / 14.01.2018
12970

«Kun.uz» vatan himoyachilarini tabriklaydi

«Kun.uz» jamoasi barcha o‘zbekistonliklarni «Vatan himoyachilari kuni» va O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi bilan qutlaydi.

Tahririyatimiz Vatan himoyasi uchun hamisha shay turgan milliy armiyaga, mard va jasur o‘g‘lonlarga mamlakatdagi tinchlikni ta'minlab turishdagi matonati uchun cheksiz hurmat va iftixor bildiradi.

Bundan keyin ham har bir vatan himoyachisiga mustahkam sog‘lik, olijanob faoliyatingizda kuch va g‘ayrat tilaymiz.

Yana bir bor bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Top