Toşkent şahrida yöl böylarida yölovçilar uçun kiçik namozgohlar quriladi. Bu haqda ötgan haftaning payşanba kuni bölib ötgan yiğilişda Toşkent şahar boş imom-xatibi Anvar qori Tursunov ma'lum qilgan.

Yunusobod tumani «Mirza Yusuf» jome masjidi imom xatibi Rahmatulloh qori Sayfuddinov ham juma kungi ma'ruzasida şu haqda ma'lumot bergan.

«Endi katta, serqatnov yöllar böylarida, namoz vaqti bölganida odamlar tahoratxona va masjid izlab qiynalmasligi uçun namozgohlar quriladi. Bu jome masjid emas, juma namozi öqilmaydi, lekin 5 mahal namoz öqisa böladi. Bu yölovçi masjidlar deyiladi. Şunday topşiriq böldi. Bu katta xuşxabar», degan u.

Manbaning «Kun.uz»ga tasdiqlaşiça, poytaxtdagi 11ta tumanning har birida ikkitadan şunday namozgohlar barpo etiladi.

«Tuman boş imom-xatiblari qayerlarga yöllar çetlarida tahoratxonalar va namozxonalar quriş böyiça tavsiyalarini berişadi», dedi manba.

Bundan taşqari, Toşkent şahridagi Sergeli va Bektemir tumanlarida bittadan yangi jome masjidlari quriladi.