15 yanvar kuni Toşkent şahridagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida «Faol tadbirkorlik va innovatsion texnologiyalar va ğoyalarni qöllab quvvatlaş yili» Davlat dasturidan kelib çiqib, Özbekiston Respublikasida ijtimoiy sohani rivojlantirişning ustuvor yönalişlari böyiça belgilangan çora-tadbirlar muhokamasiga bağişlangan matbuot brifingi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Matbuot brifingida ma'lum qilinişiça, 2018 yilda 2000ga yaqin ijtimoiy dorixonalar işga tuşiriladi. Ijtimoiy dorixonaning asosiy vazifasi tumanlardagi aholiga dorilarni sifatli va hamyonbop, xususiy dorixonalardan ança past narxlarda taqdim etişdan iborat böladi.
«Uşbu ijtimoiy dorixonalar haqiqiy talabga mos ravişda faoliyat yuritişi, örnatilgan tartibda aholiga arzon dori-darmon vositalarini yetkazib beriş nazarda tutiladi. Bu borasida dorixonalarni işlaş mexanizmi, tartib va qoidalar mutaxassislar tomonidan işlab çiqilmoqda», deb ta'kidlab ötdi Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Basitxanova.
Soğliqni saqlaş vazirligi joriy yildan «aqlli tibbiyot» konseptsiyasini amalda qöllaşga ötişini bildirdi.
«Axborot texnologiyalari orqali aholiga tibbiy xizmat körsatiş darajasini yangi bosqiçga olib çiqişni rejalaştirganmiz. Eng avvalo, ijtimoiy kasalliklarni elektron röyxatini şakllantiriş, jumladan onkologik, endikrinologik kasalliklarni davolaş uçun ajratiladigan mablağlarning umumiy qiymatini aniq belgilaş uçun «aqlli tibbiyot» konseptsiyasini joriy etiş zarur», deb qöşimça qildi vazir örinbosari.
Elmira Basitxanovaning ta'kidlaşiça, bugungi kungaça qölda yozilgan hisobot va ma'lumotlarda xatolar uçrab turadi. Taşkil etilayotgan elektron röyxat orqali esa kasalliklarni davolaşga, tibbiy muolajalar uçun qança mablağ sarf bölişi aniqlanadi. Bundan taşqari, şifokor qabuliga yozilişda ham elektron navbat tartibi joriy qilinadi.

















