Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ashxobodda soxta va sotib olingan haydovchilik guvohnomalariga «ov» e'lon qilindi
Foto: RFE/RL
Ashxobod shahrining Davlat avtomobil inspeksiyasi soxta va sotib olingan haydovchilik guvohnomalarini aniqlash bo‘yicha kampaniyani boshladi. Xabarlarga ko‘ra, o‘tgan yili haydovchilik guvohnomalari uchun taxminan 500 ta bo‘sh blankalar o‘g‘irlangani, shuningdek, yosh haydovchilar va ayollar ishtirokida yuz bergan YTH soni ortib borayotgani tufayli mahalliy ma'muriyat bunday holatlarni aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlagan.
Shu bilan birga, boshqa xabarlarga qaraganda, Turkmaniston hukumati tomonidan so‘nggi yillarda fuqarolarga haydovchilik guvohnomalarini berishda qator cheklovlar joriy etilgani korrupsiya holatlarining ko‘payib borayotgani bilan bog‘langan.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, ayni damda haydovchilik guvohnomalarini olish uchun pora berish bo‘yicha maxsus narxlar bor.
Masalan, avtomaktabda o‘qimay va imtihonlar topshirmay turib haydovchilik guvohnomasini olish uchun 10 ming to‘lash kerak, agarda avtomaktabga qatnaydigan bo‘linsa, narx vaziyatga qarab 2 dan 5 mingga qadarni tashkil etishi mumkin.
Shu bilan birga, Ashxobod politsiyasidan o‘tgan yilda haydovchilik guvohnomalari uchun yuzlab bo‘sh blankalar o‘g‘irlangan.
Mavzuga oid
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
11:13 / 12.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi
14:26 / 20.09.2025
XDP moped va skuterlar uchun guvohnomalarni kechiktirishga chaqirdi
10:20 / 26.08.2025