Jamiyat | 13:30 / 15.01.2018
34019
2 daqiqa o‘qiladi

Bir «moshennik» tarixi. O‘zbekistonning uch shahrida odamlarni aldab yurgan firibgar…

Foto: iStock

"Yerkin Qaraqalpaqstan" nashrida odamlarni aldovchilik yo‘li bilan laqillatib kelgan firibgar haqida ma'lum qilindi, deb yozmoqda Kruz.uz.

Z.U. qishloqdoshi bo‘lgan M.B.dan ukasini to‘yi uchun 10 million so‘m, kredit olish niyati ekanini aytib 2 ming AQSh dollari va undan keyin yana 4 million so‘m pullarni oladi hamda o‘z maqsadi yo‘lida ishlatib yuboradi.

Bundan tashqari Z.U. nukuslik A.A.dan ham shu taqliddagi aldovlari bilan 34 million 139 ming so‘m pullarini olib, turli maqsadlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Shundan so‘ng Z.U. Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi J.Yu.dan maishiy texnika vositalarini tez kunda sotib berish maqsadida 19 turdagi 70 million 378 ming so‘mlik buyumlarini olib sotib yuboradi. Shu tariqa J.Yu ham “uxladi”.

Bu bilan qanoatlanmagan Z.U. Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashovchi tanishi M.I.ga bitta korxonaga 100 million so‘m pul o‘tkazib bersa, arzon bahoda maishiy texnika vositalarini olib berish va'dasi bilan pulni o‘tkazib olgan. Shu tariqa u ham “uxlatilgan”.

Jabrdiydalardan kelib tushgan murojaatlar natijasida Z.U.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u sud oldida qonuniy tarzda tegishli jazoga tortilgani aytilmoqda.

Mavzuga oid