Sport | 15:52 / 15.01.2018
30808
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston U-23 Osiyo chempionati chorak finaliga yo‘l oldi

Foto: AFC

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionati «A» guruhi 3-turida Ummonga qarshi bahs olib borib, 1:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida Doston Tursunov tomonidan kiritilgan yagona gol Ravshan Haydarov jamoasiga g‘alaba keltirdi. Parallel ravishda kechgan bahsda musobaqa mezboni Xitoy Qatarga 1:2 hisobida yengildi.

Natijada O‘zbekiston olimpiya termasi 6 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, chorak finalga chiqdi. Barcha o‘yinda g‘alaba qozongan Qatar 1-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

«A» guruhi g‘olibi Qatar «B» guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan, o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston U-23 esa «B» guruhi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

«B» guruhidagi holatda yuzlanadigan bo‘lsak, 2-turdan keyin Yaponiya 6 ochko bilan birinchi, KXDR termasi esa 4 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. «B» guruhi 3-turida aynan Yaponiya va KXDR jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

U-23 Osiyo chempionati
«A» guruhi, 3-tur

O‘zbekiston U-23 - Ummon U-23 1:0 (1:0)
Gol:
 Doston Tursunov (37)
O‘zbekiston U-23: Botirali Ergashev, Abbos Otaxonov, Rustam Ashurmatov, Doston Tursunov, Hojiakbar Alijonov (Islom Qobilov, 90), Odilbek Hamrobekov, Azizjon G‘aniyev, Bobir Abdiholiqov (Dostonbek Hamdamov, 81), Javohir Sidiqov (Oybek Rustamov, 90+3), Doniyor Narzullayev, Zabihillo O‘rinboyev.
Ummon U-23: Ibrohim Al Muhayni, Mataz Solih, Tani Al Rushaydi, Abdulloh Favaz, Al Mandar Al Alavi, Marvan Vadi (Yusaif, 59), Madh Al Haldi (Al Alavi, 86), Ahmad Al Kaabi, Ahmad Al Matroushi, Zohir al Akbari, Abdulaziz Al Geylaniy.

Mavzuga oid