Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston o‘tgan yilda necha million dollarlik meva-sabzavotni eksport qilgani aytildi
Foto: O‘zA
O‘zbekistonda 2017 yil yanvar-dekabr oylarida meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash eksport hajmi 708,8 mln AQSh dollarini tashkil qildi, yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,6 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.
Meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash eksport hajmida 35,9 foizni meva va rezavorlar (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,0 foizga o‘sdi), 30,7 foizni sabzavotlar (18,6 foizga), 22,5 foizni uzum (12,2 foizga) va 4,1 foizni qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlari (49,9 foizga) tashkil qiladi.
Tashqi savdo aylanmasida asosiy hamkor davlatlar Qozog‘iston (umumiy hajmdan 46,4 foiz), Rossiya (18,0 foiz), Afg‘oniston (6,6 foiz), Xitoy (5,7 foiz), Turkiya (4,5 foiz), Qirg‘iziston (4,3 foiz) va Iroq (1,7 foiz) hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:00 / 05.01.2026
Suriyaga o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish boshlanadi
11:30 / 05.01.2026
O‘zbekiston to‘qimachilik eksportida tayyor mahsulotlar yetakchi bo‘ldi
08:59 / 30.12.2025
O‘zbekiston 1,9 mlrd dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qildi
12:57 / 27.12.2025