09:14 / 16.01.2018
10729
Reklama

Qulay xizmatlar - turizm rivoji uchun

Foto: Qishloq qurilish bank

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, har yili 1 milliard kishi jahon bo‘ylab sayohat qiladi. O‘zbekiston ham bu industriyaning ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda ish o‘rinlari yaratish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, valyuta tushumlarini ko‘paytirish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yaqin istiqbolda hal qilish uchun keng salohiyatga ega bo‘lgan turizm sohasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “2018-2019 yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarorida turizm sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy, ma'muriy va huquqiy muhitni yaratgan holda, aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, mehmonxonalar va boshqa turizm obektlarida xalqaro to‘lov tizimlari bilan ishlaydigan bankomat va terminallar miqdorini ko‘paytirish, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlariga to‘lovlarni chet el valyutasida qabul qilish, jumladan, aloqasiz elektron to‘lovlarni joriy qilish bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklar yaratish belgilab berilgan.

Mazkur Qaror ijrosini ta'minlash doirasida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, bank tomonidan Xiva shahrida joylashgan Ichan-qal'a majmuasida Valyuta ayirboshlash shoxobchasi tashkil qilindi hamda mazkur majmua xalqaro to‘lov kartalarini qabul qiladigan terminallar bilan ta'minlandi. Shuningdek, bankning Buxoro, Qarshi, Xiva, Urganch, Nukus va Navoiy shaharlaridagi filiallarining mijozi bo‘lgan mehmonxonalar hamda turizm operatorlari xalqaro to‘lov kartalarini qabul qiladigan terminallar bilan ta'minlangan.

Bundan avvalroq “Qishloq qurilish bank” Yagona umumrespublika protsessing markazi bilan hamkorlikda UPI xalqaro to‘lov tizimi plastik kartochkalarini UZCARD to‘lov tizimi terminallarida qabul qilish loyihasini muvaffaqiyatli yakunlaganligi xabar berilgandi

Mamlakatimizda ilk bor joriy etilayotgan bu amaliyot O‘zbekiston bank-moliya xizmatlari bozori uchun muhim yangilik hisoblanadi.

Endilikda savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga o‘rnatilgan “Qishloq qurilish bank” terminallarida bir vaqtning o‘zida UZCARD va Unionpay International xalqaro to‘lov tizimi kartochkalarini qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bugungi kunda sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan viloyatlar, jumladan, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida joylashtirilgan terminallarni ushbu xizmatga ulash ishlari boshlab yuborildi. Bu xizmatning joriy etilishi ham xorijlik mehmonlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

ATB “Qishloq qurilish bank” kelgusida zamonaviy va qulay yangi xizmatlarni joriy etib borgani holda, O‘zbekistonda turizm sohasini jadal rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga munosib hissa qo‘shishni rejalashtirgan.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:

(+99871) 150-39-93, 150-76-47, www.qqb.uz

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

 Bank axborot xizmati

Xizmatlar litsenziyalangan.

Reklama huquqi asosida

Top