09:32 / 16.01.2018
5029

«Manchester Yunayted» «Stok»ni mag‘lub etdi, «Man Siti» bilan farq – 12 ochko

Foto: Twitter/PremierLeague

«Manchester Yunayted» APLning 23-turi doirasidagi uchrashuvda «Stok Siti»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida kechgan bahs mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bellashuv avvalida Pol Pogba Luis Antonio Valensiyaga to‘pni yetkazib berdi, u esa markazga o‘tdi hamda darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi. Pogba 38-daqiqada to‘pni Antoni Marsyalga aniq yetkazdi, u jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berib, o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Marsyal ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida to‘pni Lukakuga aniq uzatdi, u esa darvoza burchagiga zarba berib, adashmadi.

«Manchester Yunayted» 50 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va «Manchester Siti»dan 12 ballga ortda qolmoqda. «Stok Siti» (20 ochko) – 18-pog‘onada.

Manchester Yunayted – Stok Siti 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar
: 1:0 – 9 Valensiya, 2:0 – 38 Marsyal, 3:0 – 72 Lukaku.
Manchester Yunayted – De Xea, Valensiya, Smolling, Djons, Shou, Pogba, Matich, Mata (Maktomini, 83), Lingard (Fellayni, 80), Marsyal (Reshford, 80), Lukaku.
Stok Siti – Batlend, Bauer, Zuma, Martins Indi, Taymon (Vimmer, 46), Fletcher, Shakiri, Allen, Ayrlend, Shupo-Moting (Sobxi, 61), Krauch (Diuf, 70).
Ogohlantirishlar: Lingard (63), Lukaku (67), Ayrlend (68).

Top