12:51 / 16.01.2018
16878

Peterburgda O‘zbekistonning 7 fuqarosi o‘limi bo‘yicha ish sudda ko‘rib chiqilmoqda

Foto: Rossiya FVV

Sankt-Peterburgning Kolpino tumani sudi O‘zbekistonning yetti fuqarosi o‘limi bo‘yicha jinoiy ishni ro‘yxatdan o‘tkazdi, ularning jasadi 2017 yilning iyulida Peterburg yaqinidagi angarda topilgandi.

Peterburg sudlarining birlashgan matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 15 yanvar kuni tadbirkor Yuliya Zabunova va uning sobiq yordamchisi Oleg Frigin sud oldida javob bergan.

Tergovga qaraganda, “Everest” MChJ bosh direktori Yu.Zabunova “Alyans” MChJdan Kolpinodagi angarni ijaraga olib, u yerga O‘zbekistonning yetti fuqarosini noqonuniy ravishda ishga joylashtirgan. Ularga yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha kerakli yo‘riqnoma berilmagan. 

Yu.Zabunova hamda O.Friginning xatti-harakatlari, tergov versiyasiga ko‘ra, yetti nafar insonning o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘inga olib kelgan.

"Ularga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasi uy qamog‘iga o‘zgartirildi", - deya ta'kidlab o‘tilgan sudlar matbuot xizmatidan.

Eslatib o‘tamiz, 13 iyulga o‘tar kechasi Sankt-Peterburg shahri yaqinidagi Kolpino shahridagi metal angarida umumiy maydoni 600 kv. m.ga teng bo‘lgan yong‘in sodir bo‘lib, yong‘in qoldiqlarini ajratish paytida o‘t o‘chiruvchilar tomonidan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 7 jasad topilgan.

Mavzuga oid
Top