09:39 / 16.01.2018
4876

Ruminiya bosh vaziri ishdan ketdi

Foto: DC News

Ruminiya bosh vaziri Mixay Tudose o‘z iste'fosi haqida ma'lum qildi, bu haqda mamlakat hukumati rasmiy saytida xabar berilgan.

«Bosh vazir Mixay Tudose bugun kechqurun o‘z iste'fosi haqida e'lon qildi. Hukumatni tashkillashtirish va uning faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, rasmiy murojaat prezident ma'muriyatiga ertangi kun davomida yuboriladi», - deyiladi xabarda.

Qonunga ko‘ra, mamlakat prezidenti Klaus Yoxannis hukumat rahbarining iste'fosi to‘g‘risidagi hujjatni imzolashi hamda vaqtinchalik bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlashi kerak.

Mavzuga oid
Top