15:08 / 16.01.2018
10658

Sodiq Safoyev: Prezident murojaatnomasi O‘zbekiston yangi uyg‘onish davrini boshlab berdi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi bilan mamlakat jamiyatida yangi uyg‘onish davri boshlandi. Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Qonunchilik palatasidabo‘lib o‘tgan matbuot brifingida shunday bayonot berdi. 

“Prezidentning parlamentga murojaati O‘zbekiston davlatining yangi mafkurasi, yangi konsepsiyasi va dunyoqarashini belgilab berdi. Mening fikrimcha, uning 2 ta belgisi bor.

Birinchidan, bu balandparvoz, havoyi, dabdabali shiorlarga asoslangan ichki va tashqi siyosatdan voz kechib, tom ma'noda xalqchil, inson manfaatlari va ehtiyojlari, milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda faoliyatni olib borish.

Foto: Kun.uz

Ikkinchisi shuki, vaziyat hamda jarayonlarga ro‘yi rost, qanchalik achchiq bo‘lmasin, haqqoniy baho berish. Ko‘p yillar mobaynida o‘rganib qolgandik, faqat yutuqlar haqida gapirishga. Muvaffaqiyatlarga mahliyo bo‘ldik. Hozir shunday vaqt keldiki, tashxisni aniq qo‘yish. Busiz muammolarni hal qilib bo‘lmaydi. 

Murojaatnomaning asosiy belgilaridan biri – O‘zbekiston jamiyatida yangi uyg‘onish davridir. Ilgari xalq tanimaydigan deputatlar, senatorlar va hattoki elchilarni tanishmoqda”, - dedi Senat raisining birinchi o‘rinbosari.

Top