Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan Barselonaga aviaqatnov qachondan boshlanishi aniq bo‘ldi
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi 2018 yilning 24 may kunidan e'tiboran Toshkent-Barselona-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab Ispaniyaga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ya boshlaydi. Bu haqida milliy tashuvchi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent-Barselona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslar har haftaning payshanba kunlari qator qulayliklarga ega Boeing samolyotlarida amalga oshiriladi.
Parvozlar jadvali:
- HY-259 reysi. Toshkentdan parvoz qilish vaqti - 03:10, Barselonaga qo‘nish vaqti - 08:05.
- HY-260 reysi. Barselonadan parvoz qilish vaqti - 09:45, Toshkentga qo‘nish vaqti - 19:50.
Barcha punktlarda mahalliy vaqt ko‘rsatilgan.
Aviachiptalarni barcha sotuv punktlarida va www.uzairways.com saytida onlayn xarid qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
23:36 / 28.02.2026
Lamin Yamal faoliyatidagi ilk het-trikka erishdi
11:38 / 23.02.2026
«Arsenal» va «Barselona»da yirik g‘alaba. Kun o‘yinlari
10:22 / 18.02.2026
Tuman sabab Guanchjou-Toshkent reysi Samarqandga yo‘naltirildi
08:51 / 18.02.2026