O‘zbekiston | 22:46 / 16.01.2018
14968
1 daqiqa o‘qiladi

To‘rt viloyatda Xavfsiz turizm boshqarmalari tashkil etildi

Foto: KUN.UZ

Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIB qoshida xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘yicha boshqarmalar tuzildi. Bu haqida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Ushbu boshqarmalar boshliqlari viloyat IIB boshliq o‘rinbosarlari hisoblanadi. U yerda xorijiy tillarni biluvchi xodimlar faoliyat yuritadi.

Shu bilan birga, Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIBda vaziyat markazlari ishga tushadi. Bu markazlar turizmning xavfsizlik holati monitoringi, real vaqt rejimida sayyohlarni salohiyatli tahdidlardan xabardor qilish, ularning huquqlari va huquqiy qiziqishlarini himoyalash bilan shug‘ullanadi.

Hozirda Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabzning transport infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish obektlarida plakatlar, belgilar va ko‘rsatkichlar  o‘rnatilmoqda.

Mavzuga oid