Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 mlrd dollarlik tashrif: Nazarboyev AQShda nimalarga erishdi?

Foto: AP
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi davomida Qozog‘iston va AQSh bir necha milliard dollarlik bitimlarni imzoladi.
Nazarboyev seshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi va Qozog‘iston 7,5 milliard dollarga Amerika mahsulotlarini sotib olishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Tramp, o‘z navbatida, Qozog‘istonga eksport AQSh uchun ish o‘rinlarini ko‘paytirish imkonini berayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Qozog‘iston rahbari matbuot xizmatiga ko‘ra, Nazarboyevning tashrifi doirasida 20 dan ortiq bitim imzolangan.
"Davlat rahbarining rasmiy tashrifi doirasida 20 dan ortiq tijorat hujjatlari imzolandi. Ular investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bo‘lib, aviatsiya va kosmik tadqiqotlar, neftkimyo hamda qishloq xo‘jaligi, shuningdek, infratuzilmaviy rivojlanish sohalarida qariyb 7 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan", - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, tashrif doirasida uchta hukumatlararo bitim imzolandi: davlat havo kemalariga aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lovdan voz kechish, xalqaro soliq tartibini takomillashtirish, Qozog‘iston hududi orqali tijorat temiryo‘l tranzitini ta'minlash to‘g‘risida bayonnoma.
O‘z navbatida, AQSh Davlat departamentining aniqlik kiritishicha, tashrif davomida ko‘plab shartnomalar va hujjatlar imzolangan. Ular orasida Boeing, GE Transportation, GE Digital, Chevron, Air Astana kompaniyalari o‘rtasida shartnomalar bor.
Davlat departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda ikki tomonlama savdo aylanmasi 1,9 mlrd dollarni tashkil etdi, har ikki mamlakat bu raqamni yanada ko‘paytirish niyatida. Nazarboyevning AQShga tashrifi davomida Boeing va Qozog‘iston ikki aviakompaniyasi o‘rtasida 1,3 mlrd dollarlik ikkita bitimga ham qo‘l qo‘yildi – Davlat departamentiga ko‘ra, bu 7 mingdan ortiq ish o‘rinlarini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Xususan, SCAT aviakompaniyasi 6ta Boeing-737 layneriga buyurtma bergan bo‘lsa, Air Astana 2021 yilga qadar uchta Boeing 787 Dreamliner samolyotini sotib oladi.
Shuningdek, General Electric konserni va Qozog‘iston temir yo‘llari 900 mln dollarlik bitim imzoladi – bu AQShda 3,5 ming ish o‘rnini yaratish imkonini beradi. GE Transportation 300 ta maxsus lokomotivni yetkazib beradi hamda 175ta xarid qilingan mashina servisini amalga oshiradi. Bundan tashqari, GE Digital va "Samruk-Kazina" Milliy farovonlik jamg‘armasi strategik sheriklik haqida kelishuvga erishdi. Pfizer farmatsevtika kompaniyasi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi, u Qozog‘iston bozorida kompaniya mahsulotlari mahalliylashtirilishi bo‘yicha loyihaga start beradi.
Bundan tashqari, mamlakatlar 2018 yilda strategik energetik muloqot doirasida texnik maslahatlashuvlarni boshlaydi. Chevron ko‘p yillik hamkorlik doirasida Qozog‘iston loyihalariga olingan daromaddan 251 mln dollarni reinvestitsiya sifatida kiritish haqida memorandum imzoladi.
Tavsiya etamiz
G‘azo bosib olinmoqda: Isroil kim bilan urushyapti o‘zi?
Jahon | 23:00 / 16.09.2025
Kuzning ilk salqin haftasi – ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi
Jamiyat | 22:17 / 15.09.2025
Telefonga qaram bo‘lgan bola miyasining rivojlanishi susayadi – mutaxassis
Sog‘lom hayot | 22:12 / 15.09.2025
Isroilning Qatarga hujumi: bu Turkiyaga signalmi?
Jahon | 20:55 / 15.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Albaniya parlamentida birinchi sun’iy intellekt - vazir nutq qildi
Fan-texnika | 23:51 / 18.09.2025
-
KXDR Rossiyadan atom suvosti kemalari texnologiyasini oldi – OAV
Jahon | 23:08 / 18.09.2025
-
Jazolangan chiptasiz yo‘lovchilar, ko‘chada “ismli davlat raqami” va kambag‘al oilalarga bepul dori – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:41 / 18.09.2025
-
Shavkat Mirziyoyev BMT 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda qatnashadi
O‘zbekiston | 22:17 / 18.09.2025
Mavzuga oid

22:15 / 18.09.2025
Tramp Afg‘onistondagi «Bagrom» harbiy-havo kuchlari bazasini AQSh nazoratiga qaytarmoqchi

22:08 / 18.09.2025
Pentagon «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini ishlab chiqdi

21:46 / 18.09.2025
Putin menga pand berdi – Tramp

20:28 / 18.09.2025