14:11 / 17.01.2018
12313

Yapon kompaniyasi O‘zbekiston chempionatiga titul homiy bo‘lishi mumkin

Foto : the-uff.com

Yaponiyaning CBC Group kompaniyasi yangidan tashkil etilgan O‘zbekiston superligasi titul homiysi bo‘lishi mumkin. Bu haqda kompaniyaning Xalqaro ishlar bo‘yicha prezidenti Aran Olsner O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashuv vaqtida ma'lum qilgan.

«O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Aran Olsner bilan uchrashuv chog‘ida  homiylik, marketing va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdi. O‘z o‘rnida Aran Olsner CBC Group kompaniyasi formati o‘zgargan va yangidan tashkil qilinayotgan O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlarida titul homiy bo‘lishga qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi», deyiladi O‘FF bergan xabarda.

Manbada qayd etilishicha, titul homiylik masalasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Ma'lumot uchun, CBC Group kompaniyasi turli ichimlik va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, butun dunyoda o‘z filiallariga ega konsern sanaladi.

Top