11:56 / 17.01.2018
4842

Xyustonda yomon ob-havo sababli mingdan ko‘proq aviareys bekor qilindi

Foto: Airbus

AQShning Xyuston shahridagi (Texas shtati) ikkita aeroportda yomon ob-havo sababli bekor qilingan aviareyslar soni mingdan oshib ketdi. Bu haqda aeroportlar saytida ma'lum qilingan.

Aviareyslar shaharning ikkita bosh aeroporti – Jorj Bush nomidagi Xyuston Interkontinental va Uilyam P.Xobbi nomidagi aeroportlarda bekor qilindi yoki ushlandi.

Saytda keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Xyuston Interkontinentalning o‘zida 787 ta reys bekor qilingan. Uilyam P. Xobbi nomidagi aeroportda 223 ta reys qoldirilgan.

Avvalroq OAVda AQShning janubiy shtatlari – Texas, Luiziana, Missisipi, Alabama, Tennessi, Jorjiya, Janubiy va Shimoliy Karolina, Kentukki va Pensilvaniyaga “Inga” bo‘roni yopirilgani ma'lum qilingan.

Ayni vaqtda do‘l, qor va yomg‘ir bilan kechayotgan bo‘ron sharq tomon yo‘nalmoqda. Alabama gubernatori Key Ayvi ob-havo yomonlashishi sababli favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilgan.   

Top