O‘zbekiston | 10:40 / 17.01.2018
15478
1 daqiqa o‘qiladi

«KXDR AQSh, Rossiya va Xitoy o‘rtasida mojaro yuzaga keltirmoqchi»

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya rahbariyati harakatlariga qaramay, AQSh, Rossiya va Xitoy hukumati KXDR yadro muammosi bo‘yicha o‘z pozitsiyasiga sodiq qoladi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Reks Tillerson ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

«Bir siyosat va bir maqsad bor – bu Koreya yarim orolini to‘liq, nazorat qilinuvchi hamda ortga qaytarib bo‘lmas yadro qurolidan xoli hududga aylantirish. Bizning mintaqadagi boshqa davlatlar, ayniqsa, Rossiya va Xitoy bilan birdamligimiz hamda umumiy maqsadlarimiz o‘zgarishsiz qoladi. Bu Shimoliy Koreyaning bizni ajratish hamda oraga nifoq solish bo‘yicha ko‘plab urinishlariga qaramay, yuz beradi», - deya aytib o‘tdi Tillerson.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, ayni damda harbiy faoliyat KXDRga nisbatan sanksiyalar implementatsiyasi uchun deyarli talab etilmaydi.

Mavzuga oid