Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Putinning sog‘lig‘i haqida ma'lumot berdi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, davlat rahbari Vladimir Putin mutlaqo sog‘lom. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Sizni ishontirishim mumkinki, prezident mutlaqo sog‘lom, ko‘plardan bu borada yaxshiroq holatda ham», - deya ma'lum qilgan Peskov.
Peskov Putinning sog‘lig‘i holati haqidagi ma'lumotlar ochiqlanishi to‘g‘risidagi savolga javob berarkan, qonunchilik bilan bunday narsalar nazarda tutilmaganini ta'kidlab o‘tdi.
«Menda bunday narsalar tayyorlanayotgani haqida ma'lumotlar yo‘q. Bizning qonunchilikda prezidentning sog‘lig‘i holati haqidagi ma'lumotlarni majburiy e'lon qilish nazarda tutilmagan», - deya aniqlik kiritdi Peskov.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
16:38 / 01.01.2026
Ukraina Zelenskiyning AQShga safari paytida Valdayga hujum qilishdan manfaatdor emasdi – tahlilchilar
14:45 / 01.01.2026