20:31 / 17.01.2018
35718

Makgregor chempionlik unvonidan mahrum etildi – OAV

Aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor Mutlaq jangchilik chempionatining (UFC) yengil vazndagi chempionlik unvonidan mahrum etildi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manba ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, irlandiyalik jangchi unvonini uzoq vaqtdan beri himoya qilmagani sabab undan mahrum bo‘lgan. Makgregor oxirgi jangini 2016 yil noyabrda UFC 205 musobaqasida o‘tkazgan. U o‘shanda amerikalik Eddi Alvaresni texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi.

UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, Makgregor janglarga qaytishi bilan unvon uchun jang qilish imkoniyatini oladi.  

 

Top