19:10 / 17.01.2018
4972

Messi - La Liga 1-davrasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Foto: Twitter/@fcbarcelona

Ispaniyaning Marca nashri La Liga birinchi davrasining eng yaxshi futbolchilarini aniqladi.

Muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 71,2% ovoz to‘plagan «Barselona» hujumchisi Lionel Messitengsiz deb topildi.

Ikkinchi o‘rinni «Valensiya» hujumchisi Gonsalu Gedesh (10,7%), uchinchi o‘rinni «Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Stegen (5,68%) egalladi.

Keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi: Xoakin «Betis» (3,97%), Yago Aspas «Selta» (3,01%), Luis Suares «Barselona» (1,64%), Simone Dzadza «Valensiya» (1,5%), Jordi Alba «Barselona» (1,37%) va Sedrik Bakambu «Vilyarreal» (0,92%).

Mavzuga oid
Top