O‘zbekiston | 18:40 / 17.01.2018
31196
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: «Islom Karimovni e'zozlash – nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir»

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludnining 80 yilligini nishonlash borasida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan bugungi videoselektorda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mana shunday so‘zlar aytildi. Yig‘ilishda qatnashgan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘tmishga, xalqimizning buyuk namoyandalariga, chunonchi, ustozga bo‘lgan samimiy hurmatni biz Shavkat Mirziyoyevdan o‘rganishimiz kerak. Nazarimda, yig‘ilishda qatnashgan har bir kishi bu haqiqatga yana bir bor iymon keltirdi. U kishining o‘z ustozi Islom Karimovga ko‘rsatayotgan bunday yuksak ehtiromini nafaqat xalqimiz, balki butun dunyo jamoatchiligi e'tirof etmoqda», deydi u.

Ochig‘ini aytganda, yig‘ilishda qatnashish davomida Prezidentimizning quyidagi fikrlari meni juda qattiq ta'sirlantirdi, hayajonga soldi: «Biz elmiz, katta millatmiz, xalqmiz. O‘z tarixini yo‘qotgan, unga bepisand munosabatda bo‘lgan elning kelajagi yo‘q. Biz Islom Karimovni qancha e'zozlasak, qancha ulug‘lasak, tarannum etsak, xalqimizni, o‘zligimizni, millatimizni shuncha ulug‘lagan bo‘lamiz. Bu tarixiy sanani yuqori saviyada o‘tkazishimiz yuksak ma'naviyatli va ma'rifatli xalq ekanimizni namoyon etadi. Bu tadbirlar, shubhasiz, yoshlarni Vatanga, mustaqilligimizga, o‘tgan ajdodlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega» .

Shu bilan birga, yig‘ilishda yubiley marosimlarini u kishining o‘zidek samimiy va oddiy, ortiqcha dabdabalarsiz o‘tkazish haqida ham fikrlar bildirildi.

Mavzuga oid