10:33 / 17.01.2018
5102

Tramp o‘zining aqliy imkoniyatlarini tekshiruvdan o‘tkazishni so‘ragan

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning davolovchi shifokori Roni Jyeksonning ma'lum qilishicha, davlat rahbari aqliy imkoniyatlarini tekshiruvdan o‘tkazish ijobiy natijani bergan. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Jyeksonning so‘zlariga ko‘ra, Tramp OAVda tarqalgan mish-mishlarni yo‘qqa chiqarish uchun o‘z aqliy imkoniyatlarini tekshirib ko‘rish haqida qaror qabul qilgan.

Shuningdek shifokorning aytishicha, tekshiruv altsgeymer kasalligi paydo bo‘lish xavfi yo‘qligini ko‘rsatib berdi. Ta'kidlanishicha, davlat rahbari o‘z lavozimidagi vazifalarini bajarish uchun butunlay mos keladi.

Top