20:20 / 17.01.2018
15696

U23 Osiyo chempionatida barcha chorakfinalchilar ma'lum bo‘ldi

Xitoyda o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining guruh bosqichi yakuniga yetdi.

«A» guruhidan Qatar va O‘zbekiston, «V» guruhidan Yaponiya va Falastin, «S» guruhidan Iroq va Malayziya, «D» guruhidan Janubiy Koreya va Vetnam chorakfinalga yo‘l oldi. Xitoy, KXDR, Saudiya Arabistoni va Avstraliya kabi jamoalar guruhda qolib ketdi.

Guruh bosqichi o‘yinlaridan so‘ng, to‘purarlar bahsida 3tadan gol urgan qatarlik Ali Almaiz va koreyalik Li Kyun-Ho peshqadamlik qilmoqda.

U23 Osiyo chempionati
Chorakfinallar
19 yanvar

Yaponiya - O‘zbekiston
Qatar - Falastin
20 yanvar
Janubiy Koreya - Malayziya
Iroq - Vetnam

Top