09:20 / 18.01.2018
13173

Abdulaziz Komilov Vashingtonda yana bir yirik amaldor bilan uchrashdi

Foto: KUN.UZ

2018 yilning 17 yanvar kuni Vashington shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh prezidenti Donald Trampning 2017 yil 19 dekabrdagi telefon orqali batafsil muloqoti davomida ma'lum qilingan maqsadlarni amaliy joriy etish doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-AQSh muloqotini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibning boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

Top