
E'tiborni boshqarish ko‘nikmasi taym-menejmentning har qanday tryuklaridan ham muhimroqdir. U samaraliroq ishlash va o‘zingizni ko‘proq baxtli his qilishingizga yordam beradi. "Layfxaker" shu mavzudagi tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
1. E'tiborni pul sifatida qabul qiling
Tasavvur qiling, sizning e'tiboringiz — bu pul. Sizda bu valuta cheklangan miqdorda. Kun davomida uni "qimmatbaho" va "uncha qimmat bo‘lmagan" vazifalarga sarflashingiz mumkin. Jiddiy ish, o‘qish, siz uchun ahamiyatli bo‘lgan ishlar ko‘proq vaqt talab qiladi, lekin kamroq narxga baholanadi. Ijtimoiy tarmoqlarni varaqlash kabi u qadar katta ahamiyatga ega bo‘lmagan ishlar esa kamroq vaqt talab qiladi, biroq qimmatga tushadi. E'tibor paradoksi ham shunda.
2. Kunni elektron qurilmalardan boshlamang
Aksariyat ertalabdan ijtimoiy tarmoqlarga kirib, yangiliklarni o‘qib chiqadi. Bu bilan siz o‘z diqqatingizni bo‘lgan bo‘lasiz. Yaxshisi, kunni kitob o‘qish yoki kundalikka yozishdan boshlang. Hali hech kim pochtani tekshirib, dunyoni o‘zgartirgan emas. Xo‘sh, unda nima uchun siz shunday qilishingiz kerak?
3. Eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarga diqqatni qarating
Har qanday maqsadga erishish yo‘lida muvaffaqiyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir necha vazifa bor. Agar ularni e'tiborsiz qoldirib, boshqa ishlar bilan shug‘ullansangiz, sizda bandlik hissi paydo bo‘ladi, biroq samaradorlik bo‘lmaydi.
Samaradorlik — bu siz biror narsaga qancha vaqt ketkazganingiz emas, uni aynan qanday o‘tkazganingiz. Bu esa e'tiborni boshqarish xususiyatiga bog‘liq.
4. Ko‘p vazifalilikdan voz keching
U samaradorlikka ham, diqqatni jamlab ishlash xususiyatiga ham ziyondir. Faqatgina irodaga ishonib qolmang. Brauzerda o‘nlab sahifa ochilgan bo‘lsa, muntazam ravishda qandaydir xabarlar kelaversa, boz ustiga yoningizda telefon turgan bo‘lsa, oxir-oqibat jarlik yoqasiga borib qolasiz.
















