13:30 / 18.01.2018
27385

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istondagi voqea bo‘yicha shoshilinch aloqa raqamlarini ishga tushirdi

Qozog‘istonning Aqto‘be oblastida yonib ketgan avtobus salonida jami 57 kishi, ularning 54 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Ayni vaqtda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istondagi voqea bo‘yicha shoshilinch aloqa raqamlarini ishga tushirgan.

«Avtobus salonida jami 57 kishi bo‘lgan, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ularning 54 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Respublikavasi FVV shoshilinch aloqa telefon raqamlari — (+998 71) 147-10-50 va (+998 71) 212-67-00.

Qozog‘iston Respublikasi IIV FVQ shoshilinch aloqa telefon raqamlari —  (+7 7132) 56-29-62 va (+7 7132) 56-68-85.

Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be oblastining Irgiz rayonida yo‘lovchilar avtobusi yonib ketgan. Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, besh yo‘lovchi avtobusni tark etishga ulgurgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 52 kishi voqea joyida halok bo‘lgan.

Mavzu
Aqto‘beda fojia

Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘ldi. Ular O‘zbekiston fuqarolari edi

Barchasi
Mavzuga oid
Top