16:40 / 18.01.2018
12307

FIFA reytingida Falastin O‘zbekistonni quvib o‘tdi

FIFA 2018 yilning yanvar oyi uchun terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi reytingda bir pog‘ona yuqorilashga erishdi.

Bu safargi reytingda O‘zbekiston terma jamoasi BAA terma jamoasining bir yo‘la besh pog‘ona pastlab 78-o‘ringa tushib ketgani uchun, bir pog‘onaga ko‘tarilib, 441 ochko bilan 77-o‘ringa joylashdi. Ammo OFK mamlakatlari reytingida O‘zbekiston yuqorilay olmadi. Sababi 443 ochko to‘plagan Falastin terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta reytingda O‘zbekistondan yuqoriga joylashdi. 

Umumiy reytingning TOP-10ligida hech qanday o‘zgarishlar kuzatilmagan. Germaniya terma jamoasi  hamon peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Braziliya va Portugaliya terma jamoalari keyingi o‘rinlarda borishmoqda.

FIFA reytingi. TOP-10 va Osiyoning eng yaxshi natija qayd etgan terma jamoalari

1. (1) Germaniya — 1602 ochko
2. (2) Braziliya — 1483
3. (3) Portugaliya — 1358
4. (4) Argentina — 1348
5. (5) Belgiya — 1325
6. (6) Ispaniya — 1231
7. (7) Polsha — 1209
8. (8) Shveytsariya — 1190
9. (9) Fransiya — 1183
10. (10) Chili — 1147
...
34. (32) Eron — 797
36. (38) Avstraliya — 763
56. (57) Yaponiya — 598
59. (60) Janubiy Koreya — 569
65. (63) Saudiya Arabistoni — 522 
 70. (71) Xitoy — 504
75. (80) Falastin — 443
76. (77) Suriya — 442
77. (78) O‘ZBeKISTON — 441
78. (73) BAA — 436

Mavzuga oid
Top