18:40 / 18.01.2018
50032

Ispaniya nashri Messining o‘limi haqida xabar berdi

Ispaniyaning Sport nashri tvitter-akkaunti «Barselona» hujumchisi Lionel Messi o‘limi haqida xabar berdi.

«/biz/ (tadbirkorlik maslahati manbalari) dunyodagi eng yomon maslahatlarni beradi. Ulardan yiroqda bo‘ling.
Shuningdek, Bogdanov ta'kidlashicha, Messi TRON kriptovalyutasiga qilingan juda katta investitsiyalar tufayli vafot etdi», – deyiladi tvitda.

Taxminga ko‘ra, gap Igor yoki Grigoriy Bogdanovlar – plastika jarrohlik amaliyotiga mukkasidan ketgan, fransiyalik teleboshlovchilar haqida ketyapti.

Nashrning tvitter akkaunti noma'lum hakerlar hujumiga uchragan deb hisoblanmoqda.

Top