09:01 / 18.01.2018
105205
Reklama

Soqol o‘sishi bilan bog‘liq muammolarni qanday bartaraf etish mumkin?

Foto: Minox

Soqol - erkaklik va hokimiyat ramzi. Ko‘pchilik erkaklar soqol o‘stirish uchun nima qilish kerakligi va soqolni uy sharoitida qanday o‘stirish usullarini bilishni xohlashadi. Buning ajablanarli jihati yo‘q, zeroki, soqol tufayli erkak qiyofasi erkaklarga xos qat'iyatli, jasoratli va o‘ziga xos ko‘rinadi. Ko‘pchilik erkaklar “soqol” bezagi bilan o‘z tashqi ko‘rinishini bezashni xohlaydilar va soqol o‘sishini tezlashtirishga harakat qiladi. Yuzda chiroyli soqol paydo bo‘lishi uchun, albatta, biroz sabr kerak. Ushbu ruknda yigitlarimizga soqol o‘stirish bilan bog‘liq zamonaviy meditsina va xalq tabobatiga  oid ba'zi foydali maslahatlar berib o‘tamiz.

ZAMONAVIY TIBBIYoT NIMA DeYDI?

Kuchli jins vakillari yuzlarida soqol o‘stirish uchun ko‘plab usullarni qo‘llab ko‘rishadi. Albatta, buning ajablanarli joyi yo‘q; chunki mo‘ylov va hashamdor soqol erkakning chiroyli va tabiiy bezaklari ro‘yxatida turadi. Ba'zi erkaklar zamonaviy meditsina usullari orqali soqol o‘stirishni afzal ko‘rishadi. Xo‘sh, soqol o‘stirishda zamonaviy meditsina nimalarni tavsiya eta oladi?

Foto: Minox

Minox

Erkaklar soqol o‘stirishda ishlatadigan mashhur preparatlaridan biri Minox preparatidir. Ushbu preparat tashqi qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Preparat soch (soqol) piyozlaridagi (ildizlaridagi) qon aylanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ta'siriga ko‘ra, erkak gormonlari bo‘lmish androgenlarga o‘xshaydi.

Minox yordamida qanday qilib soqol o‘sishini tezlashtirish mumkin?

Qalin, zich va bir tekisda soqol o‘stirishni xohlovchi erkaklarga "Minox"ni qo‘llab ko‘rish tavsiya etiladi. Preparatdan muntazam foydalanish haqiqiy soqolga ega bo‘lishga yordam beradi. Minox avvalda boshdagi soch to‘kilishiga qarshi vosita sifatida ishlab chiqarilgan, keyinchalik u soqol o‘sishini faollashtirish uchun sinovlarda ijobiy natijalar bergan. Shuning uchun ham, Minox preparatini soch va soqol o‘stirishda eng samarali vositalardan biri deyish to‘g‘ri bo‘ladi.

Foto: Minox

“Minox” dan foydalanish samarasi 3 oydan so‘ng ko‘rina boshlaydi. Preparatning kapilyar tomirlarni kengaytirish xususiyatiga ko‘ra, erkak yuz terisi ostki qatlamlarida qon aylanishi yaxshilanadi; bu esa yuz tuklari (soqol) follikulalarini oziqlanishini yaxshilaydi.

XALQ TABOBATI NIMA DeYDI?

Erkaklarda soch (tuklar) follikulasi tizimi har hil ishlaydi. Gormonlar yetishmovchiligi ko‘pincha boshda va yuzda tuklar o‘sishining yomonlashishiga olib keladi. Baxtimizga, vaqt sinovidan o‘tgan, sochlarning o‘sishini rag‘batlantiruvchi moylar va turli tabiiy ashyolar kabi xalq tabobati vositalari mavjud. Keling, ulardan qanday foydalanish bo‘yicha biroz bilimlar orttiramiz.

 

Foto: Minox

Chaqamug‘ yog‘i (Repeynoye maslo). Ushbu moy terida tuklar (soqol) o‘sishini yaxshilaydi, yuzda kapilyar qon aylanishini rag‘batlantiradi va yuz rangiga ijobiy ta'sir qiladi. Moyni haftasiga uch marta yuz terisiga surtish va sovun (15 daqiqadan so‘ng) bilan yuvib tashlash yuzda soqol o‘sishida ijobiy natijalar hadya etadi. 

Kastor yog‘i (Kastorovoye maslo). Yuzdagi tuklar (soqol) follikullarini keratin bilan to‘yintiradi, bu esa, tuklar (soqol) o‘sishi tezlashishiga yordam beradi. Ushbu vosita ta'sirini kuchaytirish uchun uni chaqamug‘ yog‘i bilan birgalikda kundalik asosda qo‘llash tavsiya etiladi. 

Qatron sovuni (Degtyarnoye mylo). Ushbu sovunda soqol o‘sishiga yordam beruvchi ko‘plab foydali xususiyatlar mavjud va asosiy afzalligi – uning narxini arzonligidir. Ushbu preparatning biroz noxush tarafi ham mavjud: bu uning yoqimsiz hidi. Shunga qaramasdan qatron sovuni, sovuqqotganda va hasharotlar chaqqanda ham terini davolash uchun tavsiya etiladi.

Xantal niqob (Gorchichnaya maska). Ushbu maska tabiiy unsurlardan tayyorlanadi. Asal, kefir va xantal kukuni teng miqdorlarda aralashtiriladi va yuzga surtiladi. Stresslarsiz sharoitda, vitamin komplekslari ushbu xalq tabobati bilan birgalikda qo‘llanilganda, hayratlanarli natijalar hadya etadi. Odatda, stresslar inson sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatib, sochlarning sekin o‘sishiga va to‘kilishiga sabab bo‘ladi.

Albatta, har ikki turdagi ham zamonaviy va ham xalq tabobatining o‘z o‘rni mavjud. Lekin, albatta, zamonaviy preparatlar ta'sir kuchiga ko‘ra xalq tabobatidan afzalroq ko‘riladi. Minox preparatidan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarni quyidagi bog‘lanish ma'lumotlari orqali olishingiz mumkin bo‘ladi. 

+99895 142 08 01;

+998 71 200 08 01.

IJTIMOIY TARMOQLARDA AKTsIYaLAR!

Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo‘ling va muntazam o‘tkaziladigan aksiyalarimizda ishtirok etib yutuqlarni qo‘lga kiriting!

FACEBOOKODNOKLASSNIKIINSTAGRAM 

Telegram buyurtma: TeLeGRAM

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top