09:14 / 18.01.2018
17010

Kim Chen In va Donald Tramp uchrashganmi?

Foto: Yuri Gripas/Reuters

 Oq uy apparati rahbari Jon Kellining Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, AQSh KXDR muammosi bo‘yicha qarorni ortga sura olmaydi.

«Ayni damda muammo shundan iboratki, bizda bu masalani ortga surish uchun yo‘llar qolmadi. Bu yigit, KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan ish ko‘rishimiz lozim», - deya ta'kidlab o‘tgan Kelli.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida aloqa kanallari bor. Biroq, Kelli Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zaro uchrashgani yuzasidan berilgan savolga javob qaytarishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy KXDR bo‘yicha bayonot bergandi.

Top