2018 yilning 5-7 mart kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida O‘zbekiston Respublikasining milliy sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Unda elektrotexnika, yengil sanoat, ipakchilik, teri-charm, kimyo, neft va gaz, farmatsevtika, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati, metallurgiya, plastmassa, tog‘-kon metallurgiyasi, turizm va turistik xizmatlar sohalari korxonalari, firmalari hamda kompaniyalari, shuningdek, hunarmandlar ishtirok etadi. Bundan tashqari, xalq amaliy san'ati namunalari taqdim etiladi.

Ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida biznes-hamkorlik uchun ijobiy sharoit yaratish, hamkorlikni yanada rivojlantirish va takomillashtirish.

O‘tkaziladigan joy:

Bishkek shahri, I.Oxunboyev ko‘chasi, 97
KGAFKiS MANeJi

Ma'lumot uchun telefonlar: + (99871) 238-56-11, /19/10/00.
Sayt: www.uzexpocentre.uz
E-mail: [email protected]