12:00 / 18.01.2018
91016

Qozog‘istonda avtobusda 52 kishi yonib ketdi. Ular O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin

Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda respublika IIV qoshidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bo‘lim ma'lumot berdi.

Hodisa Aqto‘be viloyati Irgiz tumani hududida, Samara — Chimkent trassasida ro‘y bergan. Avtobus yo‘lda yona boshlagan. Salonda 55 yo‘lovchi va 2 haydovchi bor edi. 52 kishi voqea joyida halok bo‘lgan.

«Yo‘lovchilarning fuqaroligi aniqlanmoqda», — deya qayd etilgan vazirlik xabarida.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra esa, halok bo‘lganlarning barchasi o‘zbekistonliklar.

Hozircha hodisaning boshqa tafsilotlari ma'lum emas.

Mavzu
Aqto‘beda fojia

Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘ldi. Ular O‘zbekiston fuqarolari edi

Barchasi
Mavzuga oid
Top