18:25 / 18.01.2018
12696

«Qrimga signal!» - Poroshenko Donbass bo‘yicha qonunga izoh berdi 

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rada tomonidan Donbassning reintegratsiyasi to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishini «Donbass va Qrim uchun signal» deb atadi. U bu haqda feysbukdagi sahifasida yozgan.

«Bu – tegishli qonun uchun muhim signal, uni Oliy rada mening tashabbusim bilan bugun qabul qildi. Bu – ham Donbass, ham Qrim uchun signal: sizlar Ukrainaning ajralmas qismisiz!» - deya yozdi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev «Ukrainaning bosib olingan yerlari» reintegratsiyasi uchun siyosiy-diplomatik usul bilan yo‘l yaratishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Oliy radasi ikkinchi o‘qishda Donbassning reintegratsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top