Livanda falastinlik eng keksa qochqin ayol vafot etdi
Livanda falastinlik eng keksa qochqin ayol Amina Qosim Shahobiy vafot etdi.
Livanning NNA axborot agentligining ma'lum qilishicha, 120 yoshli Shahobiy o‘z ona yeridan Isroil davlati yaratilishi vaqtida 1948 yilda haydab chiqarilgan.
O‘shanda ayol oilasi bilan Livanning Sayda shahridagi “Ayn Al-Xiva” lagerida qo‘nim topgan.
“70 yil o‘tdiki ham, biroq xolam o‘limigacha vatanini qo‘msab yashadi. U qachondir uyiga qaytishiga umid qilgan va bizga ona qishlog‘i – Falastin shimolidagi Arab Zabid haqida gapirib berardi”, deb eslamoqda ayolning jiyani Ziyod Shahobiy.
Uning aytishicha, momoning 5 farzandi va 30 dan ko‘proq nabirasi bor.
Ayni vaqtda dunyoda falastinlik qochqinlar soni 5,9 mln gacha yetgan (tabiiy ko‘payish hisobga olingan holda).
Mavzuga oid
10:45 / 09.11.2024
Livan: Isroilning UNIFIL va Livan armiyasi harbiylariga hujumlari urush jinoyatlari hisoblanadi
15:10 / 05.11.2024
Livan SSV: Isroil hujumlarida bir sutkada 70 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
11:00 / 26.10.2024
BMT xalqaro hamjamiyatni Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga faolroq intilishga chaqirdi
13:10 / 25.10.2024