12:28 / 18.01.2018
7491

«Rossiya KXDRga qarshi barcha sanksiyalarga rioya etmayapti»

Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning ma'lum qilishicha, Rossiya KXDRga qarshi barcha sanksiyalarni qo‘llayotgani yo‘q. Bu haqda Reuters xabar berdi.

«Bizga shunisi aniqki, ular barcha sanksiyalarni qo‘llayotgani yo‘q hamda ba'zi sanksiyalardan chetlab o‘tish yo‘llariga ega ekanliklari haqida aniq dalillar bor», - deya ma'lum qildi Tillerson.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya birinchi navbatda yoqilg‘i yetkazib berish bo‘yicha sanksiyalarga rioya etayotgani yo‘q, biroq bu boshqa sohalarga ham tegishli bo‘lmoqda.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Shimoliy Koreya masalasini hal qilishda umuman yordam bermayotgani haqida aytib o‘tgandi. Uning so‘zlariga qaraganda, Moskva Pxenyanga BMT sanksiyalaridan qochishda ko‘mak bermoqda.

Mavzuga oid
Top