“O‘qituvchi hujjatlari” ro‘yxati haqida “Ma'rifat” nashri qisqacha ma'lumot berdi. Qayd etilishicha, nashr Toshkent shahar xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tinglovchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan.

Unda qatnashgan 27 nafar turli fan o‘qituvchilaridan faqat 4 nafari ommaviy axborot vositalarida o‘qigan oxirgi maqolasini aniq ko‘rsatgan. “Ta'limiy nashrlar orqali berilayotgan qaysi metodik tavsiyadan foydalanyapsiz?” degan savolga 5 nafar o‘qituvchigina aniq javob yozgan. 2 nafar o‘qituvchi mutaxassisligiga oid oxirgi o‘qigan ilmiy-metodik asar nomini yoza olgan. 

So‘rovnomada o‘qituvchilar ish faoliyatida uchrayotgan muammolar haqida ham fikr bildirishgan. Har bir respondent o‘z ustida ishlashga vaqti yo‘qligi, ortiqcha qog‘ozbozliklar ko‘pligini alohida qayd etgan. Bir ishtirokchi “O‘qituvchi hujjatlari” degan kichik sarlavha ostida quyidagi uzun ro‘yxatni keltirgan: 

1. Sinf jurnali.

2. Sinf rahbari papkasi. 

3. Sinf rahbari jurnali. 

4. Sinf rahbarining tarbiyaviy ish (soat) hujjatlari. 

5. O‘quvchilarning kundalik daftari nazorati. 

6. Ota-ona bilan ishlash daftari. 

7. Dars konspekti. 

8. Yillik reja. 

9. Pedagogik soat. 

10. Dars tahlili. 

11. Fanga oid ko‘rgazmalar. 

12. Past o‘zlashtiruvchilar, bo‘shliq bilan ishlash reja va daftari. 

13. Iqtidorli o‘quvchi bilan ishlash reja va daftari. 

14. O‘quvchilarning aylanma daftarlari. 

15. O‘quvchilar nazorat ishi daftari. 

16. Uslubiy birlashma hujjatlari. 

17. Test banki.