08:55 / 19.01.2018
8658

Abdulaziz Komilov Sergey Lavrov bilan uchrashdi

2018 yil 18 yanvar kuni Nyu-Yorkda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikka oid masalalar kompleksi yuzasidan fikr almashdilar.

Ta'kidlanishicha, 2017 yil O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari tarixiga oliy va boshqa darajalardagi o‘zaro aloqalarning yanada faollashgani, ham an'anaviy sohalarda, ham yangi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik kengaytirilgani va chuqurlashtirilgani bilan kiradi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning turli shakldagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlarga alohida e'tibor qaratildi.

Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik, Afg‘onistondagi vaziyat va kelgusidagi amaliy uchrashuvlar yuzasidan fikr almashdilar.

Mavzuga oid
Top