14:22 / 19.01.2018
29326

«Afg‘on urushidan ham ko‘proq» - Qirg‘izistonda o‘lim bilan yakun topgan YTH soni bo‘yicha dahshatli raqam keltirildi

Qirg‘izistonda so‘nggi o‘n yilda yo‘l-transport hodisalari soni 1,5 ming barobarga oshdi. Bu haqda «Respublika —Ata Jurt» partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida deputat Ruslan Kazakbayev xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, 2007 yildan beri avtohalokatlarda 16 ming fuqaro hayotdan ko‘z yumgan, ulardan 2 mingi – bolalar. Yo‘l-transport hodisalarida (2007-2010 yillar) 110 ming qirg‘izistonlik fuqaro turli darajada tan jarohatlari olgan bo‘lib, ularning ichida 18 ming 173 bola bor.

«Qirg‘izistonda har kuni uch kishi yo‘llarda halok bo‘lmoqda, haftasiga esa ikki o‘smirdan ayrilmoqdamiz. Hattoki afg‘on urushidagi o‘n yil davomida ham qurbonlar kamroq bo‘lgan. Afg‘onistonda 7 ming qirg‘izistonlik harbiy xizmatchi qatnashgan. Ulardan 3 mingi halok bo‘lgan», - deya aytib o‘tdi Ruslan Kazakbayev.

Top