Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklar sentabr – dekabrda aholidan 854 mln dollarlik valyutani sotib oldi
Foto: KUN.UZ
2017 yilning sentabr - dekabr oylari mobaynida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan 854 mln dollar miqdorida naqd chet el valyutasi sotib olindi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Tijorat banklarining aholidan chet el valyutasini sotib olingan operatsiyalarining asosiy qismi Toshkent shahri (32%), Samarqand viloyati (10%), Farg‘ona viloyati (9%), Andijon viloyati (8%) hamda Namangan viloyati (7%) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga chet el valyutasini sotish operatsiyalari hajmi 56 mln dollarni tashkil etdi.
Jismoniy shaxslarga chet el valyutasini sotish o‘sish dinamikasiga ega bo‘lib, sentabrda – 3,9 mln dollarni, oktabrda – 11,9 mln dollarni, noyabrda – 17,8 mln dollarni va dekabr oyida – 22,3 mln dollarni tashkil etdi.
Chel el valyutasini jismoniy shaxslarga sotish hajmining ortishi import bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning norasmiy bozordan rasmiy bozorga o‘tishi bilan izohlanib, ularning umumiy sotuv hajmidagi ulushi 60%ni yoki 33,5 mln dollarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
21:30 / 29.12.2025
2025 yil o‘zbek so‘mi uchun qanday o‘tdi?
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
22:51 / 22.12.2025
Investorlar 2026 yilda ham dollar kursining pasayishini kutmoqda – OAV
19:17 / 07.12.2025