11:53 / 19.01.2018
20618

Berdimuhamedov harbiy vertolyotni sinovdan o‘tkazdi (foto)

Foto: hronikatm.com

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 17 yanvar kuni aviabazaga tashrif buyurdi va harbiy vertolyotlar parkini tekshiruvdan o‘tkazdi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Berdimuhamedov vertolyotlardan birining o‘ziga xos xususiyatlarini shaxsan tekshirib ko‘rgan. «Davlat rahbari yangi harbiy vertolyot shturvaliga o‘tirib, mamlakatga keltirilgan aviatexnika imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi», - deyiladi xabarda.

Foto: hronikatm.com
Foto: hronikatm.com
Foto: hronikatm.com

«Xronika Turkmenistana» nashri xabariga ko‘ra, Berdimuhamedov uchish maydoniga qora jipda kelgan. Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda yanvar oyidan qora rangdagi avtomobillardan foydalanishga norasmiy taqiq qo‘yildi. Avval Berdimuhamedov oq mashinalarda yurgani aytiladi.

Top