Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat moliya vaziri Abdusalom Qurboniyonni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda respublika rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

"Abdusalom Karim Qurboniyon boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Tojikiston Respublikasi moliya vaziri lavozimidan ozod etilsin", - deyiladi farmon matnida, u prezident saytida e'lon qilingan.

Rahmonning boshqa farmoni bilan avval Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimini egallagan Fayziddin Qahhorzoda moliya vaziri etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Imomali Rahmon Tojikiston Bojxona xizmati rahbarini ishdan olgani xabar berilgandi.