15:30 / 19.01.2018
11813

Imomali Rahmon Tojikiston Bojxona xizmati rahbarini ishdan oldi

Foto: News.tj

Tojikiston prezidenti mamlakat Bojxona xizmati rahbari general-leytenant Abdufattoh G‘oibni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tojikiston Bojxona xizmatining yangi rahbariga general-mayor Xurshid Karimzoda aylandi, u bundan avval respublika bojxona mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Imomali Rahmon kecha hukumat yig‘ilishi davomida Bojxona tuzilmasi ishidagi kamchiliklarni sanab o‘tgan.

Xususan, prezident bojxona to‘lovlari yetarli darajada yig‘ilmayotgani, bu mahkama xodimlarining korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarga aralashib qolayotgani, mamlakatga past sifatli oziq-ovqat mahsulotlari kirib kelayotganidan norozi bo‘lgan.

Tojikiston prezidenti noyabr oxirida bojxona boshlig‘iga hayfsan ham bergandi.

Top