11:10 / 19.01.2018
73337
Reklama

“O’zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi “Uzagro” brendi ostida gilos xaridi narxlarini e'lon qildi.

Yurtimiz gilos eksporti bilan shug‘ullanuvchi dunyoning kamdan kam mamlakatlari sarasiga kiradi.
O‘zbekiston gilos mevasini eksport qilish xajmi bo‘yicha jaxonda 5-o‘rinda bormoqda. Ushbu ko‘rsatkich bir qarashda yuqori ko‘rinsada, O‘zbekiston imkoniyati va salohiyati bo‘yicha dunyoda gilos eksporti yetakchisiga aylanish qudratiga ega. “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi o‘zbek gilos mevasi eksportida peshqadamlikni qo‘lga kiritish uchun astoydil bel bog‘lagan. Bizning  ekologik toza, foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan gilosimizni bir bor bo‘lsada ta'tib ko‘rishni istagan mamlakatlar son sanoqsiz. Ularning bu istagi qondirilishi bizning eksport saloxiyatimizni oshiradi.  
 

 Shu maqsadda ilk bor “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi “O‘zagroeksport” AJ 2018 yil xosili uchun  fermer, dehqon xo‘jaliklari va tamorqa yer egalari tomonidan yetishtirilgan gilos mevasini Fyuchers shartnomalari orqali xarid qilib olishni boshladi. Gilos  “UZAGRO” brendi ostida eksportga yo‘naltiriladi. 

Gilos mevasi quyidagi narxlarda xarid qilinadi:

I toifa: “Oliy nav” -     24 000 ming so‘m/kg. 
II-toifa: “O‘rta” -           16 000 ming so‘m/kg; 
III-toifa: “Ommabop”  – 8 000 mingso‘m/kg; 

“O’zbekoziqovqatxolding” dehqon, fermer ho‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari bilan doimiy va mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatida.

Call center: +99871 129 59 59
Elektron manzil: marketing@uzagroexport.uz 

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top